O‘zbekiston internet tezligi reytingida yuqoriladi

Olam

image

2019 yil iyun oyi yakunlari bo‘yicha jahonda mobil va simli internet tezligi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan Speedtest Global Index oylik reytingi e’lon qilindi

Irlandiyaning Ookla kompaniyasiga tegishli Speedtest.net internet-servisi ma’lumotiga ko‘ra, reytingda O‘zbekistonning pozitsiyalari quyidagicha ko‘rinish oldi:

•    mamlakat mobil internet tezligi bo‘yicha o‘z pozitsiyasini yanada pasaytirdi va 9,63 Mbit/s. tezlik bilan 132-o‘rinni (o‘tgan oydagidan 2 pog‘ona past) egalladi;

•    simli internet tezligi bo‘yicha 17,7 Mbit/s. tezlik bilan 178 davlat orasida 116-o‘rindan (o‘tgan oydagidan 8 pog‘ona yuqoriladi) joy oldi.

Janubiy Koreya mobil internet tezligi (90,06 Mbit/s.) bo‘yicha birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Singapur esa  simli internet tezligi (195,88 Mbit/s.) bo‘yicha birinchilikni hech kimga bermay, dunyoda tengsiz bo‘lib turibdi. 

Speedtest servisdan o‘z ulanishi tezligini tekshirishda foydalanuvchi shaxslardan olingan ma’lumotlar asosida tezlikni hisoblab chiqaradi hamda reytingni shakllantiradi.


Maqola muallifi

Teglar

reyting internet

Baholaganlar

48

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing