O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha yana pastladi

Jamiyat

image

2019 yil aprel oyi yakunlari bo‘yicha jahonda mobil va simli internet tezligi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan Speedtest Global Index oylik reytingi e’lon qilindi. 

Irlandiyaning Ookla kompaniyasiga tegishli Speedtest.net internet-servisi ma’lumotiga ko‘ra, reytingda O‘zbekistonning pozitsiyalari quyidagicha ko‘rinish oldi:

•    mamlakat mobil internet tezligi bo‘yicha o‘z pozitsiyasini yanada pasaytirdi va 9,8 Mbit/s. tezlik bilan 129-o‘rinni egalladi;

•    simli internet tezligi bo‘yicha 13,5 Mbit/s. tezlik bilan 178 davlat orasida 124-o‘rindan joy oldi. 

Norvegiya mobil internet tezligi (65,41 Mbit/s.) bo‘yicha birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Singapur esa  simli internet tezligi (197,50 Mbit/s.) bo‘yicha dunyoda tengsiz ekan. 

Speedtest servisdan o‘z ulanishi tezligini tekshirishda foydalanuvchi shaxslardan olingan ma’lumotlar asosida tezlikni hisoblab chiqaradi hamda reytingni shakllantiradi.


Maqola muallifi

Teglar

mobil internet

Baholaganlar

29

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing