O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha 2 pog‘ona pastladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha 103 mamlakatdan 70-o‘rinni egalladi. Bu haqda Speedtest Global Index’ning fevral oyi reytingi e’lon qilindi.

Reytingga ko‘ra, O‘zbekiston o‘tgan oyga qaraganda ikki pog‘onaga pastlagan va internet tezligi 49,89 Mbit/s etib baholangan.

Mazkur reytingda birinchi o‘rinni Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) egallab, u yerdagi mobil internet tezligi 543.91 Mbit/sdan oshgan. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni esa Qatar (522.48 Mbit/s) va Quvayt (309.07) band etgan.

Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Qozog‘iston (81.36 Mbit/s) 51-o‘rinni, Qirg‘iziston (47.02 Mbit/s) 75-o‘rinni egallagan. Tojikiston va Turkmaniston esa ro‘yxatda qayd etilmagan.

Ma’lumot uchun, Ookla kompaniyasining Speedtest Global Index'i har oy dunyo bo‘ylab internet tezligini tahlil qilib, reyting shakllantiradi. Bu baholash jarayonida tarmoq infratuzilmasi, internet-provayderlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va foydalanuvchilar tajribasi kabi omillar hisobga olinadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston mobil internet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing