Koreyada hamma uchun bepul mobil internet ishga tushiriladi

Olam

image

Janubiy Koreyada aholi uchun bazaviy mobil internet bepul bo‘ladi. Bu haqda “The Elec” xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu qaror mahalliy yirik operatorlar – SK Telecom, KT va LG Uplus bilan kelishib olingan. Rejaga ko‘ra, agar mijozning tarif bo‘yicha to‘langan trafigi tugasa, unga avtomatik ravishda soniyasiga 400 kb/s tezlikdagi cheksiz mobil internet taqdim etiladi. Bu tezlik qidiruv tizimlari, messenjerlar va xaritalardan foydalanish uchun yetarli hisoblanadi.

Mamlakat Bosh vaziri o‘rinbosari, Fan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vaziri Be Kenxun fuqarolar onlayn xizmatlarsiz qolmasligi kerakligini ta’kidlagan. U internetdan foydalanish imkoniyati insonning asosiy huquqi va mamlakat kelajagi uchun sarmoya ekanini aytib o‘tgan. Yangilik joriy yilning iyun oyigacha kuchga kiradi va taxminan 7,17 million abonentni qamrab oladi.

Bundan tashqari, operatorlar narxi 20 ming vondan (taxminan 13,5 dollar) oshmaydigan hamyonbop 5G tariflarini ishga tushirish majburiyatini olgan. 65 yoshdan oshgan keksa fuqarolar uchun trafik va qo‘ng‘iroqlar limiti oshiriladi. Shuningdek, metro va shaharlararo poyezdlarda Wi-Fi sifatini yaxshilash ham rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya mobil internet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing