O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha MDHda 3-o‘rinni egalladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston dunyo mamlakatlaridagi internet tezligi bo‘yicha jahon reytingida 103 davlat orasida 71-pog‘onada qayd etildi. Bu “Speedtest Global Index”ning 2025 yil iyun oyidagi ma’lumotlarida keltirilgan.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda mobil internetning o‘rtacha tezligi 55,78 Mbit/sekundni tashkil etgan. “Speedtest Global Index” ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘iston mobil internetning o‘rtacha tezligi bo‘yicha MDH mamlakatlari orasida birinchi, O‘zbekiston esa 3-o‘rinni egallagan.
Mobil internetning o‘rtacha tezligi bo‘yicha dunyo reytingida BAA 546,14 Mbit/sekund ko‘rsatkich bilan birinchi o‘rinda qayd etilgan. Undan keying o‘rinda 517,44 Mbit/sekund bilan Qatar, 378,45 Mbit/sekund ko‘rsatkich bilan Quvayt uchinchi pog‘onadan joy olgan.
Kuchli o‘nlikda Bahrayn (236,77 Mbit/s), Braziliya (228,89 Mbit/s), Bolgariya (224,46 Mbit/s), Janubiy Koreya (218,06 Mbit/s), Xitoy (201,67 Mbit/s), Saudiya Arabistoni (198,39 Mbit/s) hamda Daniya (196,27 Mbit/s) joylashgan.

Reytingning eng quyi pog‘onasida Esvatini 18,36 Mbit/sekund bilan 101-pog‘onada, Belarus 17,97 Mbit/sekund bilan 102-o‘rinda hamda Boliviya 13,192 Mbit/sekund bilan 103-o‘rinda qayd qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

MDH O'zbekiston mobil internet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing