O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha reytingda yuqoriladi
Jamiyat
−
19 fevral 2020
6133Ookla kompaniyasi tegishli Speedtest.net internet-servisi 2020 yilning yanvar oyi yakunlariga internet tezligi bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi. Unda dunyodagi davlatlarning mobil va simli internet tezligi taqqoslab chiqilgan.
O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha 140 davlat ichida 132-o‘rinda qayd etilgan — Internetdan o‘rtacha yuklab olish tezligi 9,31 Mb/soniya, yuklash tezligi esa 5,52 Mb/soniya. Bu 2019 yilning dekabr oyiga nisbatan 2 pog‘ona balanroq.
Simli internet borasida O‘zbekiston 176 davlat orasida 104-o‘ringa joylashtirilgan. Internetdan o‘rtacha yuklab olish tezligi 24,75 Mb/soniya, yuklash tezligi esa 24,94 Mb/soniya teng. Bu 2019 yilning dekabr oyiga nisbatan 4 pog‘ona baland.
MDH va Boltiqbo‘yi davlatlari ichida mobil internet tezligi bo‘yicha Litva — 24, Estoniya — 28, Moldova — 52, Latviya — 49, Armaniston — 69, Ozarbayjon — 59, Gurjiston (Gruziya) — 67, Ukraina — 84, Rossiya — 96, Qozog‘iston — 103, Qirg‘iziston — 115, Belarus — 109, Tojikiston — 133-o‘rinda joylashtirilgan.
MDH va Boltiqbo‘yi davlatlari ichida simli internet tezligi bo‘yicha Latviya — 24, Litva — 25, Rossiya — 47, Estoniya — 48, Moldova — 51, Belarus — 56, Ukraina — 58, Qozog‘iston — 67, Qirg‘iziston — 85, Armaniston — 101, Gurjiston (Gruziya) — 107, Ozarbayjon — 116, Tojikiston — 109, Turkmaniston so‘nggi 176-o‘rinda joylashtirilgan.
Ro‘yxatda mobil internet tezligi bo‘yicha Birlashgan Arab Amirliklari, simli internet tezligi bo‘yicha hamon Singapur birinchi pog‘onadan joy olgan.
Ro‘yxatga qaraydigan bo‘lsak, O‘zbekiston har ikki internet turi bo‘yicha yuqorilagan. Biroq dekabr oyi bilan solishtirganda O‘zbekistonda mobil internet tezligi pasaygan. Bundan kelib chiqadiki, O‘zbekiston reytingda o‘z internet sifati yaxshilangani uchun emas, balki boshqa davlatlarda internet tezligi pasaygani uchun yuqorilagan. Quyida dekabr oyi bo‘yicha ko‘rsatkichlar keltirilgan:
LiveBarchasi