O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha nechanchi o‘rinda?

Bu qiziq

image

O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha dunyoning 141 mamlakati ichida 91-o‘rinni egalladi. Tegishli ko‘rsatkich “Speedtest Global Index” veb-xizmatining reytingida qayd etildi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda joriy yilning yanvar oyida mobil internet orqali o‘rtacha yuklab olish tezligi 26,97 Mbit/s, yuklash tezligi esa 11,25 Mbit/s ni tashkil qilgan.

Reytingning eng yuqori pog‘onasida Birlashgan Arab Amirliklari qayd etilgan. Ushbu davlatning mobil internet  tezligi 302,38 Mbi/s. bo‘lgan. Simli internet tezligi bo‘yicha 277,57 Mbit/s. tezlik  bilan Singapur yetakchi  o‘rinni egallagan.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha 100 o‘rinni egallagandi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston internet tezligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing