O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha 100-o‘rinni egalladi
Texnologiya
−
08 noyabr 2023 12662 1 daqiqa
O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha dunyoning 141 mamlakati ichida 100-o‘rinni egalladi. Bu haqda Speedtest Global Index veb-xizmati reytingida ma’lum qilingan.
Reytingda qayd etilishicha, O‘zbekistonda joriy yilning sentyabr oyida mobil internet orqali o‘rtacha yuklab olish tezligi 23,63 Mbit/s, yuklash tezligi esa 12,6 Mbit/s ni tashkil qilgan.
Ushbu reytingning eng yuqori pog‘onasida esa Birlashgan Arab Amirliklari qayd etilgan. U yerda sentyabr oyida yuklab olish tezligi 211,58 Mbit/s, yuklash tezligi esa 22,02 Mbit/s bo‘lgan. Qatar 2, Xitoy esa 3-o‘rinni egallagan.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozog‘iston mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha umumiy reytingning 66, Qirg‘iziston 88, Tojikiston 136-o‘rinni band etgan. Manbada Turkmaniston haqida hech qanday ma’lumot keltirilmagan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025