O‘zbekiston ingliz tilini bilish darajasi reytingida pastladi
Jamiyat
−
13 noyabr
31282024 yilgi EF English Proficiency indeksiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi ingliz tilini bilish darajasi past mamlakatlar qatoridan joy egalladi. Bu haqda indeksning 2024 yilgi hisobotida ma’lum qilindi.
Bu yil O‘zbekiston 114 ta mamlakat orasida 98-o‘rinni egallagan. Bu o‘tgan yilgi natijadan pastroq: 2023 yilda O‘zbekiston 113 ta mamlakat orasida 93-o‘rinda edi. O‘z navbatida, o‘zbekistonliklarning ingliz tilini bilish borasidagi o‘rtacha reyting balli ham 442 dan 439 gacha pasaygan (maksimal ball – 700).
O‘zbekiston 2018 yildan beri ushbu tadqiqotga ishtirok etmoqda. O‘sha yilda O‘zbekiston 88 ta mamlakat orasida 86-o‘rindan joy olgandi. Ushbu tadqiqotda 18 yosh va undan yuqori ishtirokchilar natijalari inobatga olinadi.
Reytingda birinchi o‘rinni o‘tgan yillardagi kabi Niderlandiya egallagan. Dastlabki o‘ntalikka Norvegiya, Singapur, Shvetsiya, Xorvatiya, Portugaliya, Daniya, Gretsiya, Avstriya va Germaniya kirgan.
Qo‘shni mamlakatlardan Qirg‘iziston 88-, Afg‘oniston 95-, Qozog‘iston 103- va Tojikiston 109-o‘rinda joy egallagan.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi