O‘zbekiston ilk bor dunyoning eng yaxshi davlatlari reytingiga kirdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston birinchi marta dunyoning eng yaxshi mamlakatlari reytingiga kiritildi. Reyting Amerikaning U.S. News & World Report jurnali tomonidan e’lon qilindi.

O‘zbekiston reytingda 78 mamlakat orasida 73-o‘rinni egallagan.

Reytingni tuzishda sayohat, madaniy ta’sir, tadbirkorlik, biznes ochish imkoniyati, harbiy qudrat, yashash darajasi, ijtimoiy maqsad va boshqa kategoriyalar inobatga olingan.

Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozog‘iston (72-o‘rin) ham reytingga kiritilgan. Qirg‘iziston va Tojikiston esa yo‘q.

Top-5 talikka Kanada, Yaponiya, Germaniya, Shveysariya va Avstraliya kirgan. AQSH 6-o‘rin bilan kifoyalangan. Oxirgi o‘rinlarni Serbiya (76-o‘rin), El-Salvador (77-o‘rin) va Iroq (78-o‘rin) egallagan.

Reytingda Rossiya 24-o‘rinni band qilgan. Ro‘yxat oxirida Ukraina (71-o‘rin) va Belarusni (75-o‘rin) ham ko‘rish mumkin. Bu ikki davlatda hamon korrupsiya muammosi hal etilmagani ta’kidlangan.


Maqola muallifi

Teglar

reyting

Baholaganlar

1033

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing