O‘zbekiston iqtisodiyoti 1,6 foizga o‘sishi kutilmoqda – XJV

Jamiyat

image

Xalqaro valyuta jamg‘armasi 2021 yil O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish tezlashishini taxmin qilmoqda. Unga ko‘ra, joriy yilgi prognoz o‘tgan safargiga nisbatan 1,6 foizga o‘sib, 6,1 foizni tashkil qilishi mumkin.

Shuningdek, ekspertlar 2022 yilda O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti 5,4 foizga o‘sishini taxmin qilmoqda. 

Jamg‘armaning ta’kidlashicha, dunyodagi iqtisodiy faollik pandemiyaga qaramasdan tiklanishda davom etyapti. Global iqtisodiyot 2021 yilda 5,9 foiz va 2022 yilda 4,9 foizga o‘sishi kutilmoqda. Bu 2021 yilning iyul oyidagi prognoziga nisbatan 0,1 foizga past.

XVJ ekspertlari pandemiya davrida ochilgan rivojlanish bo‘shliqlari saqlanib qolganini qayd etdi. Ularning fikricha, pandemiya o‘rta muddatli iqtisodiy istiqbolga ta’sir qiladi.

Avvalroq, Xalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekistonga 754 mln dollar mablag‘ ajratishi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Xalqaro valyuta jamg'armasi O'zbekiston iqtisodiyoti

Baholaganlar

113

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing