Xalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekistonga 754 mln dollar ajratadi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Xalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekistonga 754 mln dollar ajratadi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, jamg‘arma zaxira aktivlari hisobidan 456 milliard SDR (Special Drawing Pights — maxsus qarz olish huquqlari, 650 milliard AQSH dollari) ajratadi. Shundan 275 milliard dollar rivojlanayotgan bozor va mamlakatlarga beriladi. 

“Ushbu muhim qaror — jamg‘arma tarixidagi eng yirik SDR taqsimoti va misli ko‘rilmagan inqiroz davrida global iqtisodiyot uchun yo‘naltirilgan moliyaviy ko‘mak hisoblanadi. SDRning taqsimlanishi barcha a’zo mamlakatlar manfaati uchun xizmat qiladi”, deydi jamg‘arma boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyeva.

Ma’lum qilinishicha, mablag‘larni ajratish to‘g‘risidagi qaror 23 avgust kuni kuchga kiradi va o‘sha kundan boshlab mablag‘lar kvotalarga mutanosib ravishda jamg‘armaga a’zo mamlakatlarga o‘tkazib beriladi. Kvotaga muvofiq O‘zbekiston 754 million AQSH dollar olishi mumkin.

Jamg‘arma xabarida keltirilishicha, ular yordamga o‘ta muhtoj davlatlarga tiklanish ishlarida yordam berish uchun boshqa variantlarni ham o‘rganib chiqyapti.

Avvalroq, Kanada O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash uchun 250 ming Kanada dollari ajratilishini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

85

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing