O‘zbekiston Gulnora Karimovaning 1,3 mlrd pulini qaytarish uchun 5 mamlakat bilan bamaslahat ish qilyapti

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mamlakatning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi – sobiq Fond Forum vasiylik kengashi raisi Gulnora Karimovaga oid jinoyat ishi yuzasidan yangi bayonotni e’lon qilgani haqida xabar bergan edik. 

Unda qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Adliya vazirligi AQSH, Shveysariya, Fransiya, Rossiya Federatsiyasi va Latviya kabi xorijiy davlatlar bilan Gulnora Karimovaning jinoiy yo‘llar orqali topgan va ushbu davlatlarning ayrimlarida jinoyat ishlari doirasida 1,3 mlrd AQSH dollardan ortiq daromadlarini qaytarish bo‘yicha hamkorlik olib borilmoqda.

Gulnora Karimovaga nisbatan jinoyat ishi garchi otasi hayotlik chog‘ida, 2013 yildayoq ochilgan bo‘lsa ham, 2017 yilgacha sir saqlab kelingan edi. Gulnora Karimovaga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining bir qator moddalari (165, 167, 168, 178, 179, 182, 184, 189, 227, 228, va 243-moddalar) bilan ayblov e’lon qilingan.

Joriy yilning avgust oyida esa O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Gulnora Karimovaga nisbatan davlat mulkini talon-toroj qilish, O‘zbekiston Respublikasi manfaatlariga zid bitimlar tuzish hamda o‘zgalarning juda ko‘p miqdordagi mulkini tovlamachilik yo‘li bilan qo‘lga kiritish holatlari yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. 

Eslatib o‘tamiz, hozirda Gulnora Karimova Zangiota tumanidagi ayollar koloniyasida sud tomonidan tayinlangan jazoni o‘tamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Gulnora Karimova Bosh prokuratura

Baholaganlar

208

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing