O‘zbekiston global tinchlik indeksida yuqoriladi. Dunyodagi vaziyat ham yaxshilangan
Olam
−
13 iyun 2019
4165Global tinchlik indeksi (Global peace index) so‘nggi besh yilda ilk bor ijobiy ko‘rsatkichni qayd etdi. Bu haqda Iqtisodiyot va tinchlik institutining yillik tadqiqotlarida aytilgan.
Mutaxassislar dunyoning 163 mamlakatidagi vaziyatni tahlil qilib, davlatlarni 23 indikator bo‘yicha baholagan. Bunda mamlakatlardagi zo‘ravonlik va jinoyat, siyosiy nobarqarorlik darajasi, terrorchilik xavfi, harbiy harajatlar, qo‘shnilar bilan munosabat va boshqa omillar inobatga olingan.
Tadqiqotchilar ilk bor iqlim o‘zgarishini ham inobatga olgan. Ularning fikricha, iqlim o‘zgarishlari tabiiy resurslar zaxirasi, xavfsizlik va aholining harakatlanishiga ta’sir qilib, kelajakda mojarolarning ko‘payishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Global peace index – 2019 hisobotida Islandiya dunyoning eng tinchliksevar mamlakati jeb topildi. Aslida Islandiyaning mazukr reytingdagi birinchiligini an’anaviy desak ham bo‘laveradi. Negaki, ushbu davlat bu reytingda 2008 yildan beri yetakchilik qiladi. Undan keyin Yangi Zelandiya, Portugaliya, Avstriya va Daniya kabi davlatlar joy olgan.
O‘zbekiston Global tinchlik indeksida o‘tgan yildagiga nisbatan 2 pog‘ona yuqorilab, 102-o‘rinni egalladi. Qozog‘iston 64-o‘rinni, Qirg‘iziston 95-o‘rinni, Tojikiston 105-o‘rinni, Turkmaniston 115-o‘rinni egallagan. Afg‘oniston esa reytingda bir pog‘ona pastlab, eng quyi 163-o‘rinda qayd etildi.
Mutaxassilarning fikricha, global tinchlik indeksi so‘nggi besh yilda ilk bor o‘sgan bo‘lsa-da 20087 yilga nisbatan 3,78 foiz pastligicha qolyapti. Tinchlik indeksining pasayishiga Yaqin Sharqda terrorchilik xavfining o‘sishi va mojarolarning keskinlashuvi, Sharqiy Yevropa va shimoli-sharqiy Osiyoda mintaqaviy bosimning ortishi, qochoqlar sonining ko‘payishi hamda Yevropa va AQSHda siyosiy muhitning yomonlashuvi sabab bo‘lgan.
LiveBarchasi