O‘zbekiston Germaniyaga aviaqatnovlar bo‘yicha qo‘yilgan cheklovni bekor qildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi bugun, 11 fevral kuni o‘tkazilgan yig‘ilishida O‘zbekistonda barqaror epidemiologik vaziyatni saqlab qolish maqsadida koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 21 dekabrdagi qarori asosida Germaniya bilan aviareyslarni (kirish, chiqish va tranzit reyslar orqali respublikaga kirish) to‘xtatish bo‘yicha joriy etilgan cheklov bekor qilindi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2020 yilning 21 dekabridan Buyuk Britaniya, Italiya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlaridan kirish va chiqishga taqiq o‘rnatgandi. Taqiq dastlab 1 fevralgacha, keyin bahorgacha uzaytirildi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Germaniya aviaqatnov

Baholaganlar

66

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing