O‘zbekiston Germaniyadan 5,4 mln AQSH dollari ishlab oldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston joriy yilning o‘tgan 9 oyida Germaniyaga 5,4 mln AQSH dollariga teng oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda. 

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 722 ming AQSH dollariga ko‘p. 

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan 8 oy mobaynida O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi savdo aylanmasi 483,6 mln AQSH dollarini tashkil etgan. Bunda eskport 45,6 mln  va import hajmi 438,0 mln AQSH dollariga teng. 

O‘zbekistonning Germaniyaga eksporti tarkibi: 

•    xizmatlar – 30,9 mln AQSH dollari;
•    oziq-ovqat mahsulotlari – 5,4 mln;
•    to‘qimachilik mahsulotlari – 4,5 mln;
•    kimyoviy mahsulotlar – 2,4 mln;
•    boshqa mahsulotlar – 2,4 mln.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Germaniya

Baholaganlar

92

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing