O‘zbekiston futzal jamoasi Eron bilan o‘ynaydi

Sport

image

O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi 6 aprel kuni Toshkentda navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini boshlaydi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Bahodir Ahmedov shogirdlari yig‘inning ikkinchi qismini Tehronda davom ettiradi. Yig‘in doirasida O‘zbekiston vakillari Eron futzal terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etadi. Bahslar 16 va 18 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.

Bahodir Ahmedov tomonidan yig‘inga asosan “Jizzax-Kentex“, BMB va “Maksam-Chirchiq” jamoalarining futbolchilari jalb etilgan. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston jamoasi Braziliyaga qarshi ikkita o‘rtoqlik o‘yinida qatnashib, ikkala bahsda ham yirik hisobda imkoniyatni boy bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Bahodir Ahmedov O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing