O‘zbekiston futzal terma jamoasi Qozog‘iston bilan o‘ynaydi

Sport

image

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi shu yil 7 va 9 aprel kunlari Qozog‘iston terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Bu haqda O‘zbekiston futzal terma jamoasi matbuot xizmati xabar berdi.

Dastlab uchrashuv Toshkentda o‘tishi ko‘zda tutilayotgandi, ammo O‘zbekistonda kuzda bo‘ladigan Jahon chempionatiga tayyorgarlik sabab o‘yinlar Qozog‘istonning Taraz shaxriga ko‘chirildi.

Ma’lumot uchun, ispaniyalik mutaxassis Xose Venansio Lopes boshchiligidagi O‘zbekiston futzal terma jamoasi 1 apreldan Olmaota shaxrida o‘quv yig‘in mashg‘ulotlariga kirishdi. Yig‘inga murabbiy 15 nafar futzalchini jalb qildi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston terma jamoasi Futzal Xose Venansio Lopes

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing