O‘zbekiston futboli nigeriyaliklar uchun aldov maydoniga aylanmoqda – “The Guardian”
Jamiyat
−
29 yanvar 2021
16438O‘tgan yilning dekabr oyida Nigeriyaning turli shaharlaridan bo‘lgan 7 nafar yosh futbolchi yigitlarni o‘zini futbol agenti sifatida tanishtirgan nigeriyalik shaxs yollab, Toshkentga olib keldi. Biroq ko‘p o‘tmay asl haqiqat boshqacharoq bo‘lib chiqdi. Bu haqda “The Guardian” nashrining Nigeriya xizmati yozmoqda.
“O‘sha agent mendan 3900 AQSH dollari viza, chipta va boshqa harajatlar uchun, deb umumiy miqdorda 6000 dollar pul oldi”, deydi 16 yoshli nigeriyalik Oneka Benson.
Qayd etilishicha, futbol agenti sifatida o‘zini tanishtirgan shaxs nigeriyalik Bensonning oilasini ikkinchi divizionda o‘ynaydigan klubi borligiga, u yerda yigitcha ro‘yxatdan o‘tib, futbol o‘ynashi va pul topishiga ishontirgan.
“O‘sha agent meni yuqori diviziondagi klublarga sinab ko‘rish uchun olib borishga ham va’da bergandi, ammo biz 2020 yil dekabrda O‘zbekistonga kelganimizda, agent U-14 bolalar bilan endigina ish boshlaganini angladik”, deydi Oneka Benson.
Ma’lum bo‘lishicha, vaziyatdan hafsalasi pir bo‘lgan yigitlarning bir qismi Nigeriyaga qaytib ketgan.
“O‘yinchilarning bir qismi umid yo‘qligidan uyiga qaytdi. O‘zim ham uyga qaytish variantini ko‘rib chiqmoqdaman. Vaqt o‘tyapti, viza muddati tugayapti”, deydi Benson.
Nashrning qayd etishicha, FIFA reytingida o‘rtacha 75-o‘rindagi O‘zbekiston futbolga ishtiyoqmand o‘yinchilar uchun maqbul joy emas, ammo to‘g‘ri hujjatlar bilan turist sifatida murojaat qilgan chet elliklar uchun uning eshiklari doimo ochiq.
Ma’lumot o‘rnida, Nigeriya terma jamoasi FIFA reytingida 35-o‘rinda qayd etilgan.
LiveBarchasi