Alen Delon o‘g‘lini sudga bermoqchi
Madaniyat-san’at
−
06 yanvar
11939Dunyoga mashhur bo‘lgan 88 yoshli fransuz aktyori Alen Delon o‘g‘lining ustidan sudga murojaat qilmoqchi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.
Aktyorning o‘g‘li Entoni Delon 4 yanvar kuni “Paris Match” jurnaliga bergan intervyusida otasining sog‘lig‘i zaifligi va o‘tgan Rojdestvo uning uchun oxirgisi bo‘lishi mumkinligini aytdi.
"U ko‘p gapirmaydi, tez holdan toyadi... Otamning ovozi eshitilmagani sababli biz undan so‘zlarini takrorlashini so‘raymiz. U esa bundan asabiylasha boshlaydi", degan Entoni Delon.
Ma’lum bo‘lishicha, intervyu nashr qilingandan bir necha soat o‘tgach, Alen Delon o‘z advokati Kristof Aelaga murojaat qilgan. Advokat "France-Press"ga aktyor o‘g‘lining gaplaridan hayratda qolganini va uning sudga shikoyat qilishini aytgan.
“Ўз otasining qarib qolganini qayta-qayta takrorlab, barchaga dardini dasturxon qilgan Entonining gaplariga otasi ortiq bardosh berolmaydi”, degan aktyorning advokati agentlikka.
Ma’lumot uchun, Alen Delon 2019 yil iyul oyida insultga uchragan va hozirda Fransiyaning Luara mintaqasida joylashgan uyida yashaydi. U faoliyatini yakunlashidan avval, 2008 yilda "Asteriks Olimpiya o‘yinlarida" kartinasida Yuliy Sezar rolini o‘ynagan.
LiveBarchasi