O‘zbekiston fuqarosi Tokiodagi stadionda ayolni zo‘rlaganlikda gumon qilinyapti

Olam

image

Yaponiya politsiyasi Olimpiya o‘yinlarining ochilish va yopilishi marosimi o‘tkaziladigan Tokio Milliy stadioni hududida ayol kishini zo‘rlashda gumonlanayotgan 30 yoshli O‘zbekiston fuqarosini hibsga oldi. Bu haqda TASS Yaponiyaning “Kyodo” agentligiga tayanib, xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayol Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish bilan aloqador. Hibsga olingan shaxs stadionda OAV xodimlarini oziq-ovqat bilan ta’minlaydigan firma tomonidan yollangan talaba bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Tokiodagi Olimpiada 2020 yilning 24 iyulidan 9 avgustigacha o‘tkazilishi belgilangandi. Pandemiya sabab musobaqa 1 yilga surildi va endilikda 23 iyuldan 8 avgustgacha o‘tkaziladi. Tashkilotchilar o‘yinlarni chet ellik muxlislarsiz o‘tkazishga qaror qilishdi.


Maqola muallifi

Teglar

Tokio

Baholaganlar

1467

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing