O‘zbekiston FIFA reytingida pastladi

Sport

image

Xalqaro futbol assotsiatsiyasining (FIFA) yangi reytingida O‘zbekiston milliy terma jamoasi 75-o‘rindan joy oldi.

FIFA kunlarida AQSH terma jamoasiga imkoniyatni boy bergach, O‘zbekistondan 2.09 ball olib tashlandi. Meksikaga qarshi o‘yinda qayd etilgan durang natija uchun O‘zbekiston terma jamoasiga 2.86 ball berildi. Yevro-2024 saralashi doirasidagi g‘alaba uchun 9.7 ball ishlagan Isroil terma jamoasi O‘zbekistonni ortda qoldirib, 72-pog‘onadan joy oldi. 

Osiyo jamoalari orasida Yaponiya eng yaxshi o‘rinni egallagan. Kunchiqar yurt vakillari FIFA reytingida 19-o‘ringa loyiq ko‘rilgan. Reytingda Eron o‘z o‘rnini bir pog‘onaga, Janubiy Koreya esa ikki pog‘onaga yaxshilab oldi. Hozirda forslar 21, koreyaliklar esa 26-o‘rinda turibdi. Avstraliya terma jamoasi esa 27-o‘rindan joy olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya Yaponiya O'zbekiston milliy terma jamoasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing