O‘zbekiston Facebook, Google va Apple'dan qancha soliq undirgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

2021 yil I chorakda elektron xizmat ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar O‘zbekiston davlat byudjetiga 4,3 mlrd so‘m soliq to‘ladi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, 2020 yilda Apple 1 mlrd 934 mln so‘m, Netflix 190 mln so‘m, Booking.com 181 mln so‘m va Yandeks 136 mln so‘m QQS to‘lagan.

Ma’lumot uchun, 2020 yildan boshlab O‘zbekiston hududida xizmatlarni elektron shaklda taqdim etuvchi xorijiy kompaniyalar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini (QQS) to‘lash joriy etildi. 

Ma’lum qilinishicha, o‘tgan 2020 yilning 1 apreliga qadar O‘zbekistonda 26 ta xorijiy kompaniya qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Ularning orasida Yandeks, Netflix va Apple kabi mashhur elektron xizmat ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar bor.

Elektron xizmat ko‘rsatuvchi mashhur xorijiy kompaniyalar orasida Facebook O‘zbekistondagi faoliyati uchun 2020 yilda 5 mlrd 981 mln so‘m, Google esa 3 mlrd 453 mln so‘m soliq to‘lagan.


Maqola muallifi

Teglar

soliq

Baholaganlar

267

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing