O‘zbekiston Eronga qarshi bir kishi ko‘p o‘ynab, durang qayd etdi
Sport
−
10 Oktabr
53952026 yil AQSH, Kanda va Meksika yashil maydonlarida o‘tkaziladigan Jahon chempionatiga saralash bosqichining 3-turida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eron vakillari bilan bahs olib bordi. Ushbu turga maksimal – 6 ochkodan jamg‘arib, guruhda qo‘shhokimlik qilib kelayotgan jamoalar bahsi teng kurashlar ostida o‘tdi. Bir qancha imkoniyatlar yuzaga kelganiga qaramay, o‘yinning ilk taymi nursiz durang bilan yakunlandi.
Ikkinchi bo‘lim ham ikki jamoaning jangovar kurashlari bilan boshlandi. Shunday holatlarning birida – 57-daqiqada Eron jamoasi vakili Hardani o‘zbekistonliklar sardori Eldor Shomurodovga nisbatan qo‘pol o‘ynadi va bosh hakam VAR yordamida vaziyatni ko‘rib chiqib, eronlik futbolchini maydondan chetlatdi.
O‘yinning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan vaqtning dastlabki daqiqasida o‘zbekistonliklar jarima maydonchasi ichida Rustam Ashurmatov qo‘liga to‘p tegdi. Dastlab, hakam mezbonlar darvozasiga penalti belgiladi. Biroq, u yana VARga murojaat etdi va penaltini bekor qildi. O‘yin shu tariqa yakunlanib, 0:0 hisobi qayd etildi.
Ma’lumot uchun, shu o‘yindan keyin 7 ochko bilan O‘zbekiston MTJ guruhda peshqadamlikni davom ettiradi.
LiveBarchasi