O‘zbekiston Eronga gumanitar yordam yuboradi
Jamiyat
−
12 mart 2020
6680Bugun, 12 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Eron Islom Respublikasiga insonparvarlik yordamini yuborish to‘g‘risida”gi farmoyish qabul qilindi.
Farmoyishga ko‘ra, Eron Islom Respublikasi hukumatining koronavirus kasalligi tarqalishini bartaraf etish uchun zarur buyum va vositalar bilan ta’minlashda yordam ko‘rsatish yuzasidan murojaatini qo‘llab-quvvatlash, ushbu infeksiyaga qarshi kurashish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni kuchaytirish maqsadida Eronga quyidagi tibbiy buyumlar shaklida insonparvarlik yordami yuboriladi:
• bir martalik steril tibbiy qo‘lqoplar;
• himoya qiluvchi kombinezon;
• maxsus tibbiy forma;
• tibbiy niqoblar;
• tibbiy doka;
• tibbiy spirt;
• gigiyenik gel;
• “Rutan” tabletkalar.
Insonparvarlik yukini kuzatib borish va topshirish uchun Eronga favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari boshchiligida O‘zbekiston delegatsiyasi yuboriladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12 fevral va 3 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Xitoy Xalq Respublikasiga gumanitar yordam yuborish to‘g‘risida”gi farmoniga binoan XXRga ikki marta insonparvarlik yordami yuborilgandi.
LiveBarchasi