O‘zbekistonning eng ko‘p soliq imtiyoziga ega kompaniyalari e’lon qilindi
Jamiyat
−
31 may 2022
127072022 yil I chorak yakuniga ko‘ra “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ O‘zbekistonning eng ko‘p soliq imtiyozlariga ega xo‘jalik yurituvchi sub’ekti bo‘ldi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan I chorak holatiga soliq imtiyoziga ega bo‘lgan sub’ektlar haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilish natijasida ma’lum bo‘lgan.
Aniqlanishicha, amaldagi qonunchilikda belgilangan tartiblarga asosan mazkur davrda mamlakatda jami 44 183 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ekt soliq imtiyozlaridan foydalangan bo‘lib, ular uchun qo‘llanilgan soliq imtiyozlarining umumiy qiymati 9 trillion so‘mdan ziyodni tashkil etadi.
Soliq imtiyozlari 7 turdagi soliqlar bo‘yicha berilgan va ularning salmoqli qismi qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) hissasiga to‘g‘ri keladi (93,5 foiz). Keyingi o‘rinlardan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (1,6 foiz), foyda solig‘i (1,6 foiz), yer solig‘i (1,3 foiz), ijtimoiy soliq (1 foiz), mol-mulk solig‘i (0,6 foiz) va aylanmadan olinadigan soliqlar (0,3 foiz) joy olgan.
Soliq imtiyozlari ichida eng ko‘p qo‘llanilgan turi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘lib, undan 16 565 ta yoki 37,7 foiz xo‘jalik yurituvchi sub’ekt foydalangan. Eng kam imtiyoz qo‘llanilgan soliq turi esa foyda solig‘i sanaladi, ushbu imtiyozdan 772 ta yoki 1,7 foiz tadbirkorlik sub’ekti foydalangan.
Eng ko‘p miqdorda soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan Top-20 xo‘jalik yurituvchi sub’ekt va ularga berilgan imtiyoz summasi:
1. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ — 1 327, 1 mlrd so‘m
2. TIF “O‘zmilliy bank” AJ — 530, 6 mlrd so‘m
3. “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ — 457,3 mlrd so‘m
4. “Ipoteka-bank” ATIB — 422,2 mlrd so‘m
5. “O‘zbekiston sanoat-qurilish bank” ATB — 400,9 mlrd so‘m
6. “Agrobank” ATB — 397,7 mlrd so‘m
7. “Davlat aksiyadorlik tijorat banki Asaka” AJ — 251,9 mlrd so‘m
8. AT “Xalq banki” — 195,1 mlrd so‘m
9. “Kapitalbank” ATB — 181,3 mlrd so‘m
10. “Asia trans gas” MCHJ — 164,8 mlrd so‘m
11. “Qishloq qurilish bank” ATB — 159,4 mlrd so‘m
12. “Uzbekistan airways” AJ — 152,8 mlrd so‘m
13. “Grand pharm trade” MCHJ — 148,3 mlrd so‘m
14. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ — 147,6 mlrd so‘m
15. “Mikrokreditbank” ATB — 129,5 mlrd so‘m
16. “Hamkorbank" ATB — 125,0 mlrd so‘m
17. “Meros pharm” MCHJ — 94,8 mlrd so‘m
18. “Aloqabank” AJ — 77,9 mlrd so‘m
19. “Trastbank xususiy aksiyadorlik banki” AJ — 58,5 mlrd so‘m
20. “Turon bank” ATB — 47,5 mlrd so‘m
Mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lgan Top-10 korxona
1. “Zarafshon oyna” MCHJ — 1,81 mlrd so‘m
2. “Akfa dream world” MCHJ — 0,9 mlrd so‘m
3. “Akfa extrusions” MCHJ — 0,9 mlrd so‘m
4. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi” — 0,8 mlrd so‘m
5. “Toshissiqquvvati” DUK — 0,7 mlrd so‘m
6. “Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti” MCHJ — 0,7 mlrd so‘m
7. “Namangan-istiqlol bog‘i” MCHJ — 0,7 mlrd so‘m
8. Xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi — 0,5 mlrd so‘m
9. “Asosiy biznes” MCHJ — 0,5 mlrd so‘m
10. “Oziq ovqat standart karton” MCHJ — 0,4 mlrd so‘m
QQS bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lgan Top-10 korxona
1. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ — 1 327,1 mlrd so‘m
2. “O‘zmilliy bank” AJ — 530,6 mlrd so‘m
3. “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ — 457,3 mlrd so‘m
4. “Ipoteka-bank” ATIB — 422,2 mlrd so‘m
5. “O‘zbekiston sanoat-qurilish bank” ATB — 400,9 mlrd so‘m
6. “Agrobank” ATB — 397,7 mlrd so‘m
7. “Davlat aksiyadorlik tijorat banki Asaka” AJ — 251,9 mlrd so‘m
8. AT “Xalq banki” — 195,1 mlrd so‘m
9. “Kapitalbank” ATB — 181,3 mlrd so‘m
10. “Asia trans gas” MCHJ — 164,8 mlrd so‘m
Ijtimoiy soliq bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lgan Top-10 korxona
1. “Lukoil Uzbekistan operating company” MCHJ — 7,7 mlrd so‘m
2. “Yagona umumrespublika protsessing markazi” MCHJ — 3,5 mlrd so‘m
3. “Epam systems” MCHJ — 2,8 mlrd so‘m
4. “Surhan gas chemical operating company” MCHJ — 2,5 mlrd so‘m
5. “O‘zbekgeofizika” AJ — 2,3 mlrd so‘m
6. Jalaquduq tuman hokimligi — 2,3 mlrd so‘m
7. Metodik ta’minlash bo‘limi — 1,8 mlrd so‘m
8. “DM IT group” MCHJ — 1,7 mlrd so‘m
9. Hyundai engineering co. LTD — 1,2 mlrd so‘m
10. “Fido-biznes” MCHJ — 1,2 mlrd so‘m
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lgan Top-10 korxona
1. “Hamkorbank” ATB — 4,6 mlrd so‘m
2. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ — 3,3 mlrd so‘m
3. “Ipoteka-bank” ATIB — 3,2 mlrd so‘m
4. AT “Xalq banki” — 2,7 mlrd so‘m
5. So‘x tumani Xalq ta’limi bo‘limi — 2,6 mlrd so‘m
6. “Naxshab-texno metal” MCHJ — 2,3 mlrd so‘m
7. “Agro city”MCHJ — 2,2 mlrd so‘m
8. “Navobod naslli parranda” FX — 1,8 mlrd so‘m
9. “Kapitalbank” ATB — 1,7 mlrd so‘m
10. “Uzbekistan airways” AJ — 1,6 mlrd so‘m
Aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lgan Top-10 korxona
1. “Basell trade” MCHJ — 0,8 mlrd so‘m
2. “Bog‘ot trade 777” MCHJ — 0,7 mlrd so‘m
3. “Bek music” MCHJ — 0,3 mlrd so‘m
4. “Jayxun-lakrista” MCHJ — 0,3 mlrd so‘m
5. “Aviatash” MCHJ — 0,2 mlrd so‘m
6. “Angren-qamish-obliq” OK — 0,2 mlrd so‘m
7. “Bahori lola” MCHJ — 0,2 mlrd so‘m
8. “Aloqa servis nurbuloq” XK — 0,2 mlrd so‘m
9. “Gessonit gold” MCHJ — 0,2 mlrd so‘m
10. “Hurshid joyil soft” XK — 0,2 mlrd so‘m
Foyda solig‘i bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lgan Top-10 korxona
1. AT “Xalq banki” — 33,6 mlrd so‘m
2. “Toshkent shahridagi Yeodju texnika instituti” MCHJ QK — 21,6 mlrd so‘m
3. “Renaissance Heavy Industries” DM — 17,5 mlrd so‘m
4. “Sibir” aviakompaniyasi” AJning vakolatxonasi — 15,8 mlrd so‘m
5. “Abu dhabi uzbek investment” MCHJ QK — 6,5 mlrd so‘m
6. “Yangi texnologiyalar ilmiy axborot markazi” DUK — 5,0 mlrd so‘m
7. “Procab” MCHJ — 2,3 mlrd so‘m
8. “Poytaxt qurilish va xizmat” DUK — 2,1 mlrd so‘m
9. “Air astana” PU vakolatxonasi — 1,8 mlrd so‘m
10. “Parkent broiler” MCHJ — 1,4 mlrd so‘m
Yer solig‘i bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lgan Top-10 korxona
1. “Toshkent shahar suv ta’minoti” MCHJ — 9,5 mlrd so‘m
2. “Amirsoy” MCHJ — 9,4 mlrd so‘m
3. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ — 6,2 mlrd so‘m
4. “O‘zbekgidroenergo” AJning “O‘rta chirchiq GESlari kaskadi” UK — 5,3 mlrd so‘m
5. “Toshkent shahar kichik sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi” DM — 4,0 mlrd so‘m
6. “Qo‘ng‘irot yo‘llardan muntazam foydalanish” UK — 3,8 mlrd so‘m
7. “To‘polang gidroelektrostansiya davlat korxonasi” UK — 3,6 mlrd so‘m
8. “MCHJ shaklidagi dam olish va sportni rivojlantirish xalqaro korporatsiyasi qo‘shma korxonasi” MCHJ — 3,1 mlrd so‘m
9. “O‘zekspomarkaz” AJ — 2,4 mlrd so‘m
10. “Markaziy ippodrom” AJ — 2,3 mlrd so‘m
Shunigdek, soliq imtiyoziga ega bo‘lib, umuman soliq to‘lamagan korxonalar ham mavjud. Ular imtiyozga ega bo‘lgan jami soliq to‘lovchilarning 35 foizi yoki 15478 tani tashkil etadi. O‘rganish davrida bunday korxonalarning jami soliq imtiyozlari miqdori 3 trillion so‘mdan ziyodni tashkil etgan. Quyida ushbu korxonalar Top-10 ligi hamda ular ega bo‘lgan soliq imtiyozining miqdori va turi aks etgan:
1. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ – QQS — 1327,1 mlrd so‘m
2. “Uzbekistan airways” AJ – QQS — 152,8 mlrd so‘m
3. “Toshissiqquvvati” DUK – QQS — 35,4 mlrd so‘m
4. “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ – QQS — 33,6 mlrd so‘m
5. “Farm luks invest” MCHJ – QQS — 24,1 mlrd so‘m
6. “SFI management group” MCHJ – QQS — 19,5 mlrd so‘m
7. “Renaissance Heavy Industries” DM – foyda solig‘i — 17,5 mlrd so‘m
8. ERIELL OFSME DMCC – 0173 – QQS — 16,2 mlrd so‘m
9. “Sibir” aviakompaniyasi” AJning vakolatxonasi – foyda solig‘i — 15,8 mlrd so‘m
10. “Constanta group” MCHJ – QQS — 14,6 mlrd so‘m
LiveBarchasi