Soliq organlari tadbirkorlarga hisobotlarni shakllantirib beradi

Jamiyat

image

2024 yil 1 yanvardan soliq organlari yuridik shaxslarning qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS), aylanma solig‘i, mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha hisobotlarini shakllantirishi mumkin bo‘ladi. Bu tadbirkorlarning istagiga ko‘ra amalga oshiriladi.

Vazirlar Mahkamasi soliq organlarining ayrim soliq hisobotlarini shakllantirishi to‘g‘risidagi qaroriga ko‘ra, hujjatlar avtomatik tarzda tayyorlanadi.

Hujjatga ko‘ra, hisobotlarni tayyorlash uchun ichki manbalar (soliq to‘lovchining soliq va moliyaviy hisobotlari, elektron hisob-fakturalar, onlayn nazorat-kassa mashinalari, onlayn cheklar va boshqalar) ma’lumotlari bilan bir qatorda tashqi manbalardan (boshqa davlat organlari tizimlari) ham foydalaniladi. 

Ma’lum qilinishicha, hisobot soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetida aks etadi. U yoki uning vakolatli vakili tuzilgan hisobotning to‘g‘riligi va to‘liqligini tasdiqlashi yoki hujjatni qayta rasmiylashtirib, soliq organlariga taqdim etishi kerak bo‘ladi.

Savdo kvitansiyalarini berishda texnik xatolarni tuzatish keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmasdan kiritish mumkin bo‘lsa, 20 oktyabrdan boshlab hisobot davrining oxirigacha vaqt ajratiladi.


Maqola muallifi

Teglar

soliq tadbirkor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing