O‘zbekiston elchisi “Tolibon” tayinlagan TIV rahbari bilan uchrashdi

Olam

image

Bugun, 2 oktyabr kuni Afg‘oniston Islom Amirligi Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amir Xon Mottakiy O‘zbekiston elchisi Yodgorxo‘ja Shodmonov va u bilan birga kelgan delegatsiya bilan uchrashdi. 

Ta’kidlanishicha, suhbat chog‘ida ikki tomonlama aloqalar muhokama qilingan. Suhbatda ikki mamlakat o‘rtasida parvozlarning boshlanishi haqida ham so‘z borgan. 

Mottakiy O‘zbekistonga minnatdorlik bildirib, ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga umid bildirgan. 

Avvalroq, Surxondaryo va Balx viloyatlari hokimlari boshchiligida O‘zbekiston va Afg‘oniston chegaraoldi hududlari boshqaruv idoralari vakillaridan iborat ishchi guruhlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergandik. 

Shuningdek, joriy yilning 14 sentyabr kuni ham Afg‘onistonning Balx viloyatida O‘zbekiston delagatsiyasi “Tolibon” vakillari bilan uchrashgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Tolibon

Baholaganlar

181

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing