O‘zbekiston elchisi Shvetsiya qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi
Olam
−
06 dekabr
1984O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Rahmatulla Nurimbetov joriy yilning 4 dekabr kuni Shvetsiya qiroli Karl XVI Gustavga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.
Bildirilishicha, rasmiy marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida turli yo‘nalishlardagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilingan.
Uchrashuv davomida ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro savdo hajmini oshirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ishbilarmonlar o‘rtasida muloqotni rag‘batlantirish, iqlim o‘zgarishlariga moslashish va “yashil” iqtisodiyot, fan va ta’lim, sog‘liqni saqlash va madaniyat sohalaridagi aloqalarni kengaytirish masalalari alohida urg‘ulangan.
Qayd etilishicha, elchi Rahmatulla Nurimbetov 15 oktyabr kuni Shvetsiya poytaxtiga tashrif buyurgan. U Stokgolmga tayinlanishidan avval 2023-2024 yillarda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Rahmatulla Nurimbetov 2022-2024 yillarda O‘zbekistonning Shvetsiyadagi elchixonasiga rahbarlik qilgan Nodir G‘aniyev o‘rniga tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Xorvatiya Prezidenti Zoran Milanovichga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.
LiveBarchasi