O‘zbekiston elchisi Kipr Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Jamiyat
−
19 dekabr 2024
2324O‘zbekistonning yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Abat Fayzullayev (qarorgohi Rim shahrida joylashgan) Kipr Respublikasi Prezidenti Nikos Xristodulidisga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Kipr Respublikasi yetakchisi xorijiy diplomatlardan ishonch yorliqlarini qabul qilish marosimidagi nutqida yangi elchilarni samimiy qutlab, ularga o‘z vazifalarni amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tilagan, shuningdek, ikki va ko‘p tomonlama munosabatlarni rivojlantirishda munosib hissa qo‘shishiga umid bildirgan.
Shuningdek, Kipr Prezidenti O‘zbekiston bilan munosabatlar istiqbollariga alohida to‘xtalgan.
“O‘zbekiston bilan ikki tomonlama, shuningdek Yevropa Ittifoqi doirasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratamiz”, dedi Prezident Nikos Xristodulidis.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Kipr o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1997 yil 30 mayda o‘rnatilgan. Abat Kiprga tayinlangan O‘zbekistonning birinchi elchisi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Fayzullayev 2023 yil oktyabr oyida O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi lavozimiga tayinlangandi.
LiveBarchasi