O‘zbekiston ekin maydonlarini Tojikiston suvi hisobiga sug‘oradi
Jamiyat
−
21 iyul 2020 12126 1 daqiqa
Joriy yilda kuzatilayotgan suv tanqisligi sharoitida O‘zbekistonning Sirdaryo havzasiga bog‘langan maydonlaridagi qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish uchun Tojikistonning “Baxri Tochik” suv omboridan qo‘shimcha suv olinadi. Bu haqda O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.
“Baxri Tochik” suv omboridan qo‘shimcha suv chiqarishni tashkil qilish maqsadida Tojikistonga quvvati 500 l/s, suv chiqarish balandligi 10 m bo‘lgan 5 dona A50GO-0,5/10 rusumli nasos agregati, 20 dona ESV turdagi har xil nasoslar va boshqa moddiy-texnik resurslar yetkazib beriladi.
Shuningdek, nasos stansiyalarini ta’mirlash-tiklash xarajatlari qoplab beriladi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hisobidan 1,5 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi.
Ushbu moddiy-texnik resurslar Tojikiston Respublikasi Energetika va suv resurslari vazirligining tegishli tashkilotiga qaytarib olmaslik sharti bilan topshiriladi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr