O‘zbekiston dzyudochilari xalqaro musobaqada tarixiy natija qayd etdi
Sport
−
06 mart 2023
3818Joriy yilning 3-5 mart kunlari Toshkent shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turniri bo‘lib o‘tdi. Dunyoning 50 ga yaqin mamlakatidan kelgan tajribali dzyudochilar qatnashgan musobaqada mezbonlar tarixiy natijaga erishdi.
Turnirda o‘zbekistonlik sportchilar 3 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza, jami 8 ta medalga sazovor bo‘ldi. Murosasiz bellashuvlarda Murodjon Yo‘ldoshev -73 kg, Davlat Bobonov -90 kg va Alisher Yusupov +100 kg vazn tofasida oltin medalga ega chiqdi. -66 kg vazn toifasida Sardor Nurillayev shohsupaning 2-pog‘onasidan joy oldi.
Doston Ro‘ziyev, Muhriddin Tilovov va Muso Sobirov musobaqaning bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Qizlar o‘rtasida -70 kgda mamlakat sharafini himoya qilgan tajribali Gulnoza Matniyozova 3-o‘rin uchun bahsda ukrainalik Natalya Chistyakovadan bellashuv yakunlanishiga 4 soniya qolganda ustun keldi.
Umumjamoa hisobida O‘zbekiston termasi dzyudo vatani Yaponiyadan keyin 2-o‘rinni band etdi. Bu “Katta dubulg‘a” turnirlarida medallar soni bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi uchun yangi rekord hisoblanadi.
LiveBarchasi