O‘zbekiston dzyudochilari belgilangan reys bilan uchib keta olmadi
Sport
−
26 yanvar 2022
3203Avvalroq, O‘zbekiston dzyudo terma jamoasi joriy yilning 28-30 yanvar kunlari Portugaliya mamlakatida o‘tkazilishi kutilayotgan gran-pri turnirida ishtirok etishi haqida xabar berilgan edi.
Kecha, 25 yanvar kuni mamlakatda elektr energiyasi bilan bog‘liq yuzaga kelgan vaziyat, shuningdek, Istanbul (Turkiya) aeroportining ichki va tashqi reyslar uchun yopilishi natijasida terma jamoa delegatsiyasi belgilangan muddatda uchib keta olmadi. Istanbuldagi xalqaro aeroport Turkiyada qalin qor yoqqani sababli noma’lum muddatga yopilgan.
“O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi dzyudochilarimizning Portugaliyaga yetib borishini ta’minlash maqsadida barcha chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Katta ehtimol bilan terma jamoamiz Germaniyaning Frankfurt shahri orqali Portugaliya Gran-prisi o‘tkaziluvchi Almada shahriga yetib boradi” deyiladi O‘zbekiston boks federatsiyasi xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Almadada o‘tkaziladigan Gran-prida 5 qit’aning 45 davlatidan 400 nafarga yaqin dzyudochilar ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 6-12 oktyabr kunlari Toshkent shahri dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.