O‘zbekiston dunyoning eng xavfsiz o‘n mamlakatidan biri bo‘ldi
Olam
−
29 Oktabr 2020 12753 1 daqiqa
Butunjahon qonun va tartib indeksiga ko‘ra, O‘zbekiston dunyoda xavfsizlik darajasi bo‘yicha yetakchi to‘qqiz mamlakat safidan o‘rin oldi. Bu haqda bermoqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Ushbu tahlil nufuzli Gallup's Amerika jamoatchilik fikrini o‘rganish instituti tomonidan amalga oshirilgan. Unga ko‘ra, xavfsizlik bo‘yicha birinchi to‘qqizlikda O‘zbekistondan tashqari Singapur, Turkmaniston, Xitoy, Islandiya, Kuvayt, Norvegiya, Avstriya va Shvetsiya ham bor.

Reytingning eng quyi pog‘onasidan Afg‘oniston joy olgan. Ushbu davlat atigi 43 ball to‘plagan.
Ball natijalari turli mamlakatlar aholisi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma asosida tuzilgan. Berilgan savollar ro‘yxatiga politsiyaga ishonch, kechki soatlarda ko‘chalarda xavfsiz yurish va boshqalar kiritildi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr