O‘zbekiston delegatsiyasining dastlabki guruhi Xanchjouga yo‘l oldi

Sport

image

Joriy yilning 22-28 oktyabr kunlari Xitoyning Xanchjou shahrida IV Para Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Bahslarda ishtirok etadigan O‘zbekiston delegatsiyasining bir qismi Xanchjou shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston Paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xanchjou-2022 yozgi Para Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi o‘z tarixidagi eng katta tarkib – 11 sport turida 108 nafar para atlet bilan ishtirok etadi.

Qit’a musobaqasida o‘zbekistonliklar para shaxmat, para kanoe, para akademik eshkak eshish, para velosport, para taekvondo va para stol tennisi dasturlarida debyut qiladi.

Xanchjoudagi Para Osiyo o‘yinlarida para atletlar bir qator sport turlari – o‘q otish, stol tennisi, yengil atletika, dzyudo, taekvondo, pauerlifting, velosport, kanoe, akademiya, suzish dasturlarida medallar qatori Parij-2024 Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalar uchun ham bahslashadi. Ular musobaqa davomida Paralimpiya o‘yinlari litsenziyalari hamda reyting ochkolari uchun ham kurash olib boradi.

Ta’kidlash joiz, aslida musobaqa reja bo‘yicha 2022 yilning oktyabr oyida o‘tkazilishi lozim edi. Biroq Xitoyda koronavirus infeksiyasining navbatdagi to‘lqini avj olgach, o‘yinlarning bekor bo‘lish xavfi yuzaga keldi. Lekin 2022 yil 17 avgust kuni Osiyo Paralimpiya kengashi Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida kompleks musobaqa 2023 yilda bo‘lib o‘tishi rasman ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Paralimpiya Para Osiyo o'yinlari Xanchjou

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing