O‘zbekiston davlat psixologiya universiteti tashkil etiladi

Jamiyat

image

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Aholiga psixologik xizmat ko‘rsatish va psixologiya sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qarorga muvofiq O‘zbekiston milliy universitetining “Psixologiya” va “Sotsiologiya” kafedralari negizida O‘zbekiston davlat psixologiya университетини tashkil etiladi.

Quyidagilar Universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilanadi:

•    psixoprofilaktika,  psixodiagnostika, psixokorreksiya, psixologik maslahat, psixoterapiya kabi sohalarida kasbiy bilim, malaka va kompetensiyalarga ega yuqori malakali va zamonaviy fikrlovchi, mehnat bozori uchun raqobatbardosh bo‘lgan oliy ma’lumotli kadrlarni xalqaro ta’lim standartlariga muvofiq tayyorlash;

•    zamonaviy ta’lim dasturlari va shakllarini ishlab chiqish va joriy etish, o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogika va axborot texnologiyalarini hamda fan va texnikaning eng yangi yutuqlarini qo‘llash, ilmiy-pedagogik salohiyatni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash;

•    psixologiya sohasida ta’lim, ilm-fan va amaliyotning uzviy integratsiyalashuvi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarga iqtidorli talabalarni keng jalb qilish, ularni samarali rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etish;

•    talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilarda Vatanga muhabbat, uning taqdiriga daxldorlik, kasbga sadoqat hissini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonlari hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirib borish;

•    psixologiya sohasida professor-o‘qituvchilarning respublika hamda xorijiy mamlakatlarda stajirovka o‘tash va ularning malakasini oshirish ishlarini muntazam tashkil etish;

•    oliy ta’lim, halq ta’limi, maktabgacha ta’lim tizimidagi psixologlar faoliyatini, oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan axoliga psixologik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini metodik qo‘llab-quvvatlash;

•    xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda respublika uchun istiqbolli bo‘lgan yangi yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda xalqaro loyihalarni amalga oshirish.


Maqola muallifi

Teglar

universitet

Baholaganlar

93

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing