O‘zbekiston COVID-19 vaksinasi hammuallifi sifatida tan olindi
Jamiyat
−
17 fevral 2021
6636Xitoyning “Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co.,Ltd” kompaniyasining koronavirusga qarshi ZF-2001 vaksinasi tez orada O‘zbekistonda ZF-UZ-VAC 2001 nomi bilan tarqatilishi kutilyapti. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalida xabar berildi.
Innovatsion rivojlanish va Sog‘liqni saqlash vazirliklarining ZF-2001 vaksinasi sinovlarida faol ishtirok etgani, shuningdek, klinik tadqiqotlarga qo‘shgan hissasini inobatga olib, O‘zbekiston mazkur vaksinaning hammuallifi sifatida tan olindi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda ZF-2001 vaksinasidan favqulodda foydalanishga ruxsat berish ishlari olib borilyapti. Mazkur vaksinadan foydalanishda O‘zbekistonga ustuvorlik beriladi.
Ma’lumot uchun, hozirgacha 6823 nafar ko‘ngilli vaksinaning 1-dozasi, 2556 nafar ko‘ngilli vaksinaning 2-dozasi va 6 nafar ko‘ngilli 3-doza bilan emlandi.
LiveBarchasi