O‘zbekiston chetdan eng ko‘p qaysi oziq-ovqat mahsulotlarini import qiladi?
Jamiyat
−
30 aprel 2022
14500Joriy yilning I choragida O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
O‘zbekistonga 2022 yilning yanvar-mart oylarida import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari qiymati:
• Bug‘doy – 201,6 mln. AQSH dollariga;
• Shakarqamish – 91,9 mln. AQSH dollariga;
• Margarin mahsulotlari – 84,5 mln. AQSH dollariga;
• Qoramol go‘shti – 46,3 mln. AQSH dollariga;
• Kartoshka – 38,6 mln. AQSH dollariga;
• O‘simlik yog‘i – 31 mln. AQSH dollariga;
• Kakao va shokolad – 30,7 mln. AQSH dollariga;
• Bug‘doy uni – 28,8 mln. AQSH dollariga;
• Banan – 17,4 mln. AQSH dollariga;
• Bolalar uchun oziq-ovqat mahsulotlari – 15,6 mln. AQSH dollariga;
• Sut mahsulotlari – 14,5 mln. AQSH dollariga;
• Parranda go‘shti – 11,7 mln. AQSH dollariga;
• Choy – 11,6 mln. AQSH dollariga;
• Makkajo‘xori – 9,1 mln. AQSH dollariga;
• Mandarin – 8,3 mln. AQSH dollariga;
• Kofe – 8,3 mln. AQSH dollariga;
Yanvar-mart oylarida oziq-ovqat mahsulotlari importida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar:
• Qozog‘iston – 309,7 mln dollar;
• Rossiya – 205,2 mln dollar;
• Braziliya – 97,5 mln dollar;
• Belarus – 34,3 mln dollar;
• Pokiston – 33,2 mln dollar;
• Ekvador – 17 mln dollar;
• Turkiya – 14,7 mln dollar;
• Xitoy – 12 mln dollar;
• Eron – 11,8 mln dollar;.
• Ukraina – 10,8 mln dollar.