O‘zbekiston chempionatining markaziy jangida Aslonov g‘alaba qozondi

Sport

image

Bugun, 14 dekabr kuni boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining final janglari o‘tkazilmoqda.

Kuning markaziy jangi 80 kg vazn toifasida  Dilshodbek Ro‘zmetov va Odiljon Aslonov o‘rtasida kechdi. O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida Jahon chempionati sovrindori bo‘lgan Ro‘zmetov tajribali raqibiga qarshi munosib bahs olib bordi. Yakunda omad Aslonovga kulib boqdi va u O‘zbekiston chempioniga aylandi.

86 kg vaznli bokschilar o‘rtasidagi jangda Toshkent shahri vakili Timur Mirjanov Jo‘rabek Toshtemirovga qarshi ringga ko‘tarildi va hakamlarning yakdil qarori bilan raqibini mag‘lub etib, O‘zbekiston chempioniga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, 75 kg vazn toifasida Saidjamshid Ja’farov ishtirokidagi jang muddatidan avval yakuniga yetgan edi.

 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston chempionati Boks

Baholaganlar

113

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing