O‘zbekiston chempionati yangi mavsumiga qur’a tashlandi
Sport
−
01 fevral 2025 7006 1 daqiqa
Bugun, 1 fevral kuni Toshkent shahridagi “Bunyodkor” stadionida O‘zbekiston Superligasi 2025 yilgi mavsum uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qur’a Berger tizimi asosida amalga oshirildi. Yakunda dastlabki turda juftliklar nomi aniq bo‘ldi.
Superliga-2025 1-turi quyidagicha ko‘rinish olgan:
OKMK - “Buxoro”;
“Paxtakor” - “Mash’al”;
“Qo‘qon-1912” - “Andijon”;
“Bunyodkor” - “Neftchi”;
“Qizilqum” - “Surxon”;
“Nasaf” - “So‘g‘diyona”;
“Xorazm” - “Sho‘rtan”;
“Navbahor” - “Dinamo”.
Ma’lumot o‘rnida, Superliga-2025 turniriga mart oyida start beriladi. O‘zbekiston Superligasining amaldagi g‘olibi Qarshining “Nasaf” klubi hisoblanadi. OKMK va “So‘g‘diyona” klublari kuchli uchlikka kirdi.
Live
Barchasi