O‘zbekiston bo‘ylab “Olimpiya kuni” keng nishonlanmoqda

Sport

image

Bugun, 6 iyul kuni butun O‘zbekiston bo‘ylab “Olimpiya kuni” keng nishonlanmoqda. Viloyat markazlarida sportchilar mahalliy aholi bilan ko‘chalarda yo‘rish marafonlarida ishtirok etmoqda.

Shuningdek, Olmpiya tasnifiga kiruvchi sport turlari bo‘yicha yig‘ilganlar o‘rtasida turli musobaqalar ham o‘tkazilmoqda.

Kun yakunida Toshkent shahrida joylashgan “Humo arena” muz saroyida “Olimpiya kuni”ga bag‘ishlangan katta bayram o‘tkazilishi belgilangan. Ayni paytda mazkur bayramning bir qismi bo‘lgan dasturlar o‘tkazilmoqda. Arena atrofida turli sport turlari bo‘yicha sportchilarning ko‘rgazmali chiqishlari muxislar uchun havola etilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

MOQ Olimpiya kuni

Baholaganlar

7

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing