O‘zbekiston bronza medal uchun kurashadigan bo‘ldi
Sport
−
04 Oktabr 2023
9395Bugun, 4 oktyabr kuni Osiyo o‘yinlarining futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi va Koreya Respublikasi vakillari o‘rtasida yarim final bahsi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqaning eng qimmat tarkibga ega Janubiy Koreya jamoasiga qarshi maydonga tushgan Temur Kapadze shogirdlari o‘yinning dastlabki daqiqalarida tezkor gol o‘tkazib yubordi. Chon U Yon uchrashuvga start berilganidan 4 daqiqa o‘tib O‘zbekiston darvozasiga yo‘l topdi.
25-daqiqada Jasur Jaloliddinov hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 38-daqiqada Chon U Yon o‘zining ikkinchi golini urdi va Janubiy Koreyani yana hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘lim shu bilan o‘z yakuniga yetdi.
Ikkinchi taymning 74-daqiqasida Abdurauf Bo‘riyevga ikkinchi sariq kartochka ko‘rsatildi va o‘zbekistonlik futbolchilar maydonda 10 kishi bo‘lib qoldi.
Shu tariqa O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi 1:2 ko‘rinishidagi hisob bilan mag‘lub bo‘ldi. Biroq ularda hali Osiyo o‘yinlarining bronza medali uchun kurashish imkoni mavjud.
Qizig‘i shundaki, Temur Kapadze shogirdlari o‘yinlarning bronza medali uchun mazkur musobaqa guruh bosqichida o‘zlari ikki marta mag‘lub etgan Gonkong termasiga qarshi bahs olib boradi.
LiveBarchasi