O‘zbekiston Bosh vaziri Afg‘onistonda 5 ta shartnomani imzoladi – OAV 

Olam

image

O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda “Tolibon” muvaqqat hukumati rahbariyati o‘rtasida 5 ta shartnoma imzolandi. Bu haqda “Sputnik Afg‘oniston” xabar berdi.

“Tolibon” muvaqqat hukumati savdo va sanoat vazirligi hamda O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi o‘rtasidagi hujjatlarni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va “Tolibon” muvaqqat hukumati bosh vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Abdul G‘ani Barodar imzolagan.

Shuningdek, moliya, qishloq xo‘jaligi va konchilik vazirliklari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan protokol imzolandi.

“Bitimlar “Tolibon”ning kon va neft, qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya va chorvachilik, moliya vazirliklari hamda O‘zbekistonning tegishli vazirliklari o‘rtasida iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida imzolandi”, deyiladi xabarida.

Bosh vazir Abdulla Aripov uchrashuvda O‘zbekistonning Afg‘oniston bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Afg‘onistonning Qobul shahriga borgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdulla Aripov “Tolibon”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made