O‘zbekiston boks mundialini g‘alaba bilan boshladi. Bugun kimlar ringga chiqadi?

Sport

image

Ayni kunlarda Toshkent shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida Jahon chempionati bahslari o‘tkazilmoqda. Musobaqaning dastlabki kunida o‘zbekistonlik bokschilardan -60 kg vazn toifasida Mujbillo Tursunov hindistonlik Singh Varinderni 5:0 hisobida mag‘lub etdi.

Bugun, 2 may kuni yana 3 nafar O‘zbekiston vakili mundialdagi yurishini boshlaydi. 

Kunduzgi dasturda -86 kgda Shohjahon Abdullayev saralash jangida qirg‘izistonlik Adilbek Erkin Uuluga qarshi ringga ko‘tarilsa, - 63 kg vaznda Ruslan Abdullayev puerto-rikolik Manuel Febus bilan jang qiladi. 

Kechki dasturda esa - 80 kgda Jasurbek Yo‘ldoshev jazoirlik Yunes Nemochi bilan hisob-kitob qilib oladi.

Kunduzgi dastur janglari 13:00 dan keyin, kechki dastur bahslari esa 18:00 dan so‘ng boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Mujbillo Tursunov Jasurbek Yo'ldoshev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing