O‘zbekiston boks federatsiyasining Farg‘ona va Buxoro bo‘limlari rahbarlari o‘zgardi

Sport

image

O‘zbekiston boks federatsiyasining Farg‘ona va Buxoro viloyat bo‘limlariga yangi rahbarlar tayinlandi.

Kecha, 7 iyul kuni Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i Ixvoljon Omonboyevich Azimov O‘zbekiston boks federatsiyasi Farg‘ona viloyati bo‘limi raisi lavozimiga tayinlandi. Tadbirda Federatsiya bosh kotibi Murodjon Mamadaliyev boshchiligidagi mutasaddilar hamda Farg‘ona viloyatida faoliyat olib borayotgan murabbiy va mutaxassislar ishtirok etdi.

Shuningdek, bugun, 8 iyul kuni Buxoro viloyati prokurori Mahmud Shuhratovich Istamov O‘zbekiston boks federatsiyasi Buxoro viloyati bo‘limi raisi etib tayinlandi.

Federatsiya bosh kotibi Murodjon Mamadaliyev boshchiligidagi mutasaddilar, Buxoro viloyatida faoliyat olib borayotgan murabbiy va mutaxassislar ishtirok etgan tadbirda Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i Bahodir Kutlimuratov va O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi rahbari Nodir Hamdamov rais o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Taniqli murabbiy Ravshan Xo‘jayev esa O‘zbekiston boks federatsiyasi Buxoro viloyati bo‘limi bosh kotibi sifatida ham faoliyat olib boradigan bo‘ldi. Shuningdek, tashkilotning taftish komissiyasi saylanib, viloyat bo‘limida amalga oshirilgan ishlar, bundan keyingi rejalar muhokama qilingan. 

Federatsiya Matbuot xizmatiga ko‘ra, Har ikki konferensiya davomida bir qator masalalar bo‘yicha hisobotlar taqdim etilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5099-sonli qarorida belgilab berilgan vazifalar va uning ijrosi bo‘yicha muhokamalar olib borilgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston boks federatsiyasi Mahmud Istamov Ixvoljon Azimov Ravshan Xo'jaev Murodjon Mamadaliev

Baholaganlar

13

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing