O‘zbekiston boks bo‘yicha Osiyo chempionatini muvaffaqiyatsiz boshladi

Sport

image

Joriy yilning 18 yanvar kuni Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo‘yicha U-22 Osiyo chempionati janglari start oldi. Musobaqada qit’aning 20 ta mamlakatidan sportchilar g‘oliblik uchun kurash olib boradi.

Dastlabki kungi bahslarda -57 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik bokschi Mirzabek Mirzaxalilov qozog‘istonlik Mahmud Sabirxanga qarshi ringga ko‘tarilib, imkoniyatni boy berdi.

Mahmud Sabirxan kattalar o‘rtasidagi JCH-2021 kumush medali sohibi hisoblanadi.

Bugun, 19 yanvar kuni chempionatning qizlar o‘rtasidagi bellashuvlari boshlanadi. Osiyo chempionati janglari 26 yanvargacha davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

boks Mirzaxalilov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing