O‘zbekiston BMTning yana bir konvensiyasiga qo‘shiladi
Jamiyat
−
03 iyul 2020 7681 1 daqiqa
O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti imtiyozlari va immunitetlari to‘g‘risidagi konvensiyaga (Nyu-York, 1946 yil 13 fevral) qo‘shiladi. O‘zbekiston Prezidentining tegishli qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
Loyihaga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnomaning amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma O‘zbekiston Respublikasi uchun kuchga kirganidan keyin O‘zbekiston Respublikasining huquqlari amalga oshirilishi va majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.
Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklanadi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025