O‘zbekiston Birinchi xonimi Seulda madaniy dasturda qatnashdi
Jamiyat
−
17:26 606 1 daqiqa
Bugun, 16 sentyabr “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” formatidagi birinchi sammit doirasida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Koreya Respublikasi Birinchi xonimi Kim Xe Gyon va Qirg‘iz Respublikasi Birinchi xonimi Aygul Japarova bilan birgalikda “Chong Va De” qarorgohida o‘tkazilgan madaniy dasturda ishtirok etdi. Bu haqda Ziroat Mirziyoyevaning Telegram kanalida xabar berildi.
Qayd etilishicha, dastur avvalida Birinchi xonimlar an’anaviy choy marosimi davomida madaniy muloqotning, milliy an’analarni asrab-avaylashning hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi gumanitar aloqalarni yanada mustahkamlashning ahamiyati yuzasidan fikr almashgan.


Shundan so‘ng yuqori martabali mehmonlarga Koreyaning boy madaniy merosi bilan tanishtiruvchi konsert dasturi namoyish etilgan. Dasturdan an’anaviy koreys raqslari va musiqiy asarlar o‘rin olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi doirasida mamlakat Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Koreya Birinchi xonimi Kim Xe Gyon hamrohligida Koreya Milliy saroy muzeyiga tashrif buyurgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi