O‘zbekiston birinchi xonimi sayyora kelajagi uchun birlashishga chaqirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rafiqasi – mamlakat birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva boshchiligidagi "Zamin" fondi tomonidan BMTning Atrof-muhitni muhofaza qilish dasturi va milliy hamkorlar bilan birgalikda "Toza havoning inson hayoti sifati uchun ahamiyati" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. 

Unda "Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva o‘z kirish so‘zida shunday dedi: 

“Sayyoramiz kelajagi – hammamizniki, demak, atrof-muhit holatiga har birimiz javobgarmiz, o‘zimizdan boshlab xususiy sektorgacha, jamoat tashkilotlaridan hukumatlargacha – hammamiz birgalikda ish olib borishimiz shart.  

Bu borada amallarning katta-kichigi yo‘q, atrof-muhit uchun barcha harakatlar: o‘simliklarga zarar yetkazmaslik yoki kichik daraxt ekish ham, katta korxonalarda chiqindilarni kamaytirish ham o‘ta ahamiyatli”. 

Tadbirda “Atmosfera havosi ifloslanishi monitoringini avtomatlashtirish” loyihasini amalga oshirish doirasida erishilgan natijalar taqdimot qilingan, bu boradagi xalqaro tajriba muhokama qilingan. 

Shuningdek, havoni nazorat qilish chora-tadbirlarini eng namunali xalqaro amaliyotga muvofiq holda takomillashtirish bo‘yicha kelgusi rejalar belgilab olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Ziroat Mirziyoeva

Baholaganlar

294

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing