O‘zbekiston bilan o‘ynaydigan Fransiya JCHdan chetlatilishi mumkin

Sport

image

Indoneziyada davom etayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionati chorak finalida O‘zbekiston bilan to‘qnashadigan Fransiya musobaqadan chetlatilishi mumkin. Bu haqda “Sport News Africa” xabar berdi.

Gap shundaki, termada to‘p suruvchi “Monpele” hujumchisi Yannis Isuufu kichik mundialning saralashida Niger o‘smirlar terma jamoasida o‘ynagan va bundan Fransiya futbol federatsiyasi xabardor bo‘lmagan. 

FIFA qoidalariga ko‘ra, bir turnir doirasida futbolchining ikkita turli terma jamoada to‘p tepishi mumkin emas. Vaziyatdan kelib chiqib Fransiya bilan bir guruhdan o‘rin olgan va pley-off bosqichiga chiqa olmagan Burkina-Faso apellyatsiya bergan.

Issufu Fransiya terma jamoasining guruh bosqichidagi barcha o‘yinida to‘p tepdi. Niger o‘smirlari safida esa u 2022 yilda 2 ta o‘yinda maydonga tushgan. Saralashda u Kot-d'Ivuarga qarshi o‘yinda gol urgan bo‘lsa, Beninga qarshi bahsda eng yaxshi futbolchi deb topilgan.

Qayd etish joiz, O‘zbekiston-Fransiya bahsi 25 noyabrga belgilangan. Nimchorak finalda O‘zbekiston Angliyani, Fransiya esa penaltilar seriyasida Senegalni mag‘lub etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya O'zbekiston Indoneziya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing